Samarqand davlat universitetiga Yaponiyaning Aichi prefekturasi universiteti professori Kavabati Hiroaki boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni SamDU xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov qabul qildi.

    Tashrifdan asosiy maqsad tomonlar o’rtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdir.

    Muzokaralar davomida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda professor-o‘qituvchilarning akademik dasturlar va qo‘shma ilmiy loyihalardagi ishtiroki borasida o‘zaro fikr almashildi.

    - Samarqand haqida bir necha marta eshitganman, uning tarixi, madaniyati meni doim qiziqtirgan, - deydi delegatsiya rahbari, professor Kavabati Hiroaki. – Bugun tirik tarixning guvohi bo’lmoqdaman. Menga juda yoqdi… Samarqand davlat universiteti faoliyati uzoq yillik tarixga egaligi meni hayron qoldirdi. Qolaversa, universitetingizda ko’p ta’lim yo’nalishlari mavjud ekan… SamDU dagi muzeylar bebaholigiga ishonch hosil qildim. Ayniqsa, zoologiya muzeyi menda katta taassurot qoldirdi.  O’ylaymanki, bizning hamkorligimiz tomonlar uchun manfaatli bo’ladi…

Behruz Shamsiddinov

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.