Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi Shuhrat Valiyev YUNESKO shafeligidagi xalqaro dasturda qatnashish uchun Islandiyaga jo'nab ketdi…
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/6401e77b6ef4b-6401e77b6ef4d-6401e77b6ef4e-6401e77b6ef4f.jpg)
Samarqand davlat universiteti o’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiyasi kafedrasi tadqiqotchisi Shuhrat Valiev 6 oy davomida Islandiyadagi GRO-LRT xalqaro dasturida ishtirok etmoqda.
Ushbu loyiha ekologik muammolarning innovatsion yechimlari, tabiiy resurslardan foydalanish bo'yicha ekologik barqaror usullarini egallash imkonini beradi.
Shuningdek, yaylov ekologiyasi va yaylovlarni qayta tiklash sohasida so'nggi ekofiziologik usullar va ishlanmalarni amalga oshiradi.
Tadqiqotchi ayni vaqtda yaylov ekologiyasi bo’yicha SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori, dotsent Toshpo’lat Rajabov rahbarligida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, GRO-LRT xalqaro dasturi 2007-yildan beri faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Bugunga qadar 10 dan ortiq mamlakatdan 200 ga yaqin yosh tadqiqotchilar ekologiya sohasidagi bilim va malakalarini oshirib kelmoqda. Shuningdek, hozirgacha SamDU ning 5 nafar tadqiqotchisi ushbu loyihada ishtirok etgan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.