Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv o’tkazildi…
Tadbirda SamDU o’quv ishlari bo’yicha prorektor Rustam Yo’ldoshev, Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori, dotsent Toshpo’lot Rajabov, o’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i Shaxriddin Muranov, xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahat kengashi raisi Sharofat To‘xliyevalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda ta’lim tizimidagi o’zgarishlar, imtihon jarayonlari, HEMIS tizimining afzalliklari, chet tilini o’rganish mohiyati, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, yoshlar psixologiyasi bo’yicha so’z yuritildi.
- Farzandim Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti 2-kurs talabasi, - deydi Ozodjon Xidirov. - Ikki yil oldingi hayoti va yashash tarzini taqqoslasam, ijobiy tomonga o’zgarganini sezaman. O’glimni yurtimizdagi yetakchi universitetda o’qiyotganligidan faxrlanaman. Jomboyga borib institut faoliyati bilan tanishdim. Yoshlarning o’qishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Buning uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiraman.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.