“Qishloq xo’jaligida raqamli marketingdan foydalanish imkoniyatlari”
Samarqand davlat universitetiga AQSH ning xalqaro hamkorlik rivojlantirish agentligi mutaxassisi Mercedes Diane Griffin Forbes tashrif buyurdi. Bundan asosiy maqsad “Qishloq xo’jaligida raqamli marketingdan foydalanish imkoniyatlari” mavzusida ma’ruza qilishdir. Seminarda SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti, biologiya, inson resurslarini boshqarish fakulteti professor-o’qituvchi va tadqiqotchilari ishtirok etdi.
Ma’ruzada qishloq xo'jaligining raqamli marketingdan foydalanish imkoniyatlari va uning mohiyati haqida so’z yuritildi. Shuningdek, ushbu tarmoq qishloq xo'jaligi biznesini o'sishiga qanday yordam berishi mumkinligi borasida fikr almashildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.