Samarqand davlat universitetida “Xavfsiz hayot uchun” oyligi doirasida targ’ibot tadbiri o’tkazildi…
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/640f18c75b133-640f18c75b135-640f18c75b136-640f18c75b137.jpg)
Samarqand viloyati IIB JXX Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Xurshid Safarov, inspektorlar Bobur Axrorov va Akrom Norboyevlar SamDU talabalari bilan ochiq muloqot o’tkazdi.
Uchrashuvda avtohalokatlarning oldini olish, piyodaning majburiyatlari, yo’lda harakatlanish qoidalari bo’yicha so’z yuritildi. Shuningdek, Universitet xiyoboni joylashgan “Alisher Navoiy” mahallasidagi yo’l harakati xavfsizligi uchun mas’ul YPX xodimi tanishtirildi.
Tadbir savol-javobga boy bo’lib, qizg’in tarzda davom etdi.
- Targ’ibot tadbirlarimizdan asosiy maqsad yo’l harakatida sodir bo’ladigan noxush holatlarni oldini olish, - deydi Xurshid Safarov. – Piyoda yoki haydovchi kim? Bu biz, siz yoki tengdoshlaringiz. Afsuski, yo’l harakatida loqaydligimiz sabab yo’l transport halokatlari soni ortmoqda. Avtohalokatlarning aksariyat qismini sizga o’xshagan yoshlar tashkil qilmoqda. Yo’l harakatida xavfsizlik uchun faqat yo’l patrul xizmati xodimlari emas, balki barchamiz birdek mas’ul bo’lishimiz kerak. Agar siz yo’l qoidasini buzmasangiz bir nohushlikni oldini olgan bo’lasiz. Jamiyatga qaysidir ma’noda foydangiz tekkan bo’ladi. Yon-atrofingizdagi odamlarni ham yo’l harakati qoidasining buzishiga yo’l qo’ymang….
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.