Xalqaro hamkorlik…
Samarqand davlat universiteti kimyo fakultetiga Janubiy Koreyaning KRICT (Korea Research Institute of Chemical Technology) ilmiy tadqiqot instituti olimlari Eun-MI Park, Jeong Dae Seong, Lee Mensular tashrif buyurdi.
Bundan asosiy maqsad tomonlar o’rtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish.
Mehmonlar bilan SamDU xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori, professor Akmal Axatov hamda kimyo fakulteti dekani, dotsent Sanjar Tillayevlar uchrashdi. Muzokarada SamDU magistr va doktorantlari Koreya ilmiy markazlarida tadqiqotlarini davom ettirish masalalari kelishib olindi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari kimyo fakulteti talaba va tadqiqotchilari bilan uchrashib, Koreya ta’lim tizimi, o’qish imkoniyatlari bo’yicha batafsil ma’lumot berdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.