Scopus bazasiga kiruvchi "Chemistry and Biodiversity" jurnali ekspertlari va bosh muharriri tomonidan yuqori baholandi…

    Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi professori Xurshid Bozorovning navbatdagi “Furo[2,3-d]pyrimidines as Mackinazolinone/Isaindigotone Analogs: Synthesis, Modification, Antitumor Activity, and Molecular Docking Study” nomli ilmiy maqolasi Scopus, SCI (Web of Science) va PubMed kabi ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi “Chemistry and Biodiversity” jurnalida [Q2, Impact Factor = 2.74, Wiley-VHCA AG, USA & Switzerland] e’lon qilindi.

    Maqola furo[2,3-d]pirimidinon hosilalarining bir nechta alkaloidlar analoglari sifatida sintez yo’li, modifikatsiyasi, saraton hujayralariga qarshi faolligi, hamda molekulyar doking tahlillariga bag’ishlangan. 

    Ushbu maqola "Chemistry and Biodiversity" jurnali ekspertlari va bosh muharriri tomonidan yuqori baholanib, jurnalning 2023-yil mart oyi sonidagi muqovasi uchun tanlab olindi. 

    Maqola Xitoy Fanlar Akademiyasi olimlari bilan hamkorlikda tayyorlangan. Ilmiy loyiha rahbari Xurshid Bozorov. Loyiha maslahatchisi professor Haji Akber Aisa. 

Batafsil