Samarqand davlat universitetida “Referendum va yoshlar” targ’ibot tadbirlari davom etmoqda...
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati va unda keltirib o‘tilgan fuqarolarning taʼlim olish va sohaga doir boshqa muhim o‘zgartirishlar tahliliga bag‘ishlangan mazkur tadbirda SamDU ning psixologiya va ijtimoiy siyosiy fanlar, sport faoliyati va san’at, maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti talaba yoshlari ishtirok etishdi.
Shuningdek, bir qator professor-o‘qituvchilar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasiga oid mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.