Samarqand davlat universitetining Geoaxborot tizimlari ilmiy-o’quv markazi faoliyatini yaxshilash masalalari kelishib olindi…
Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakultetiga Hindistonning Markaziy Vaqf Kengashining geografik axborot tizimlari (GIS) bo’yicha mutaxassisi (PhD) Mohammad Suhail hamda Oltoy davlat universiteti iqtisodiy geografiya va kartografiya kafedrasi mudiri, dotsent Krupochkin Evgeniy Petrovich tashrif buyurdi.
Tashrifdan asosiy maqsad SamDU dagi Geoaxborot tizimlari ilmiy-o’quv markazi faoliyatini yaxshilashdir. Shuningdek, tomonlar o’rtasida xo’jalik shartnomlarini tuzish, ilmiy loyihalar tayyorlash, fakultet doktorantlari, magistrantlari va talabalariga GIS texnologiyalarini o’rgatish kabi masalalar kelishib olindi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.