Samarqand davlat universiteti dotsenti Ra’no To’raxo’jayevaning 80 yillik yubileyi nishonlandi…
Bugun Samarqand davlat universiteti fakultetlararo rus tili kafedrasi dotsenti Ra’no To‘raxo‘jayeva 80 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan filologiya fakultetida olimaning yubileyi keng nishonlandi.
- Bugun fakultetimizning farishta ayoli, maslahatgo’yimiz Ra’no To’raxo’jayeva 80 yoshni qarshi oldi. 55 yillik mehnat faoliyatiga ega olima nafaqat mahoratli pedagog, balki jamoat ishlarda faol tashkilotchidir, - deydi SamDU rus tili kafedrasi dotsenti Salixa Usmonova. - Uzoq yillardan buyon SamDAQI va SamDU da faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Domlaning xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida 20 dan ortiq, markaziy nashrlarda 100 dan ortiq publistik maqolalari e’lon qilingan. Shuningdek 10 ga yaqin darslik va o’quv qo’llanmalar muallifidir. Bugungi kun munosabati bilan Ra’no To’raxo’jayevani samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaymiz…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.