SamDU talabalari xalqaro insholar tanlovida yuqori natijalarni qo’lga kiritdi…

Samarqand davlat universiteti talabalari “Rus tili yili” doirasidagi xalqaro insholar tanlovida ishtirok etdi. 300 dan ortiq xorijlik talabalar ishtirok etgan onlayn tanlovda Samarqand davlat universitetining filologiya fakulteti talabasi Farzona Halimova 2-o’rinni, Odina O’tanova esa 3-o’rinni qo’lga kiritdi.
Shuningdek, SamDU ning bir qator talabalari sertifikat bilan taqdirlandi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.