Samarqand davlat universiteti polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi mudiri, professor Normurod Fayzullayevning hammualifligidagi “Mahalliy xomashyolardan sorbentlar olish jarayonini tadqiq etish” nomli monografiyasi Germaniyaning LAMBERT nashriyotida chop etildi.

    Ushbu monografiya noorganik moddalar ishlab chiqarishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sorbentlar mavzusiga bag‘ishlangan. Birinchi bo‘limda mahalliy xomashyolar asosida tabiiy seolitlar olish imkoniyatlari, ikkinchi bo‘limda tarkibida seolit bo‘lgan minerallarni faollashtirishda yuzaga keladigan fizik-kimyoviy xususiyatlaridagi o‘zgarishlar, uchinchi bo‘limda klinoptilolitni noorganik kislotalar ishtirokida modifikatsiyalash va to‘rtinchi bo‘limda klinoptilotitni kislotali modifikatsiyalash asosida olingan sorbentning adsorbsion xususiyatlari atroflicha o‘rganib chiqilgan. Monografiya magistrlar, aspirantlar, ilmiy tadqiqotchilar va shu sohada ishlaydigan ilmiy hamda ilmiy – texnik xodimlar uchun mo‘ljallangan.

        

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.