SamDU va “Samarqandkimyo” AJ hamkorligi…
Samarqand davlat universiteti kimyo fakultetiga “Samarqandkimyo” AJ yetakchi mutaxassislari tashrif buyurdi. Bundan asosiy maqsad fakultetning 3-kurs talabalariga “Fosforli va kompleks mineral o’g’itlar ishlab chiqarish” mavzusida ochiq dars oʻtish va talabalarni ishga jalb qilishdir.
- Samarqand davlat universiteti “Samarqandkimyo” AJ bilan ko’p yillardan beri hamkorlik ishlarini olib bormoqda. Hozirgi kunda kimyo fakultetining 52 nafar bituruvchi kurs talabalari ushbu korxonada ish bilan ta’minlangan, - deydi SamDU dotsenti Noryigit Musulmonov. - Qolaversa, bir qator magistrant va doktorantlar ushbu tashkilotga borib, ilmiy tadqiqotlarini davom ettirmoqda. Shuningdek, talabalarimiz amaliyotlarini o’tamoqda. O‘ylaymanki, bu kabi hamkorlik aloqalari tomonlar uchun manfaatli bo’lib xizmat qiladi. Bugungi noan’anaviy ma’ruza darsi yigit-qizlarda katta qiziqish uyg’otdi. Bu kabi darslarni doimiy tarzda yo’lga qo’yishni maqsad qildik. Korxona rahbarlari ushbu tashkilotda 193 vakansiya borligini, bo’sh ish o’rnini to’ldirish uchun SamDU kimyo va Muhandislik fizikasi instituti talabalarini ishga qabul qilishini ma’lum qildi. Yana bir qulay jihati, talaba va yosh olimlarning tadqiqot ishlaridagi moliyaviy xarajatlarini tashkilot o’zi qoplashini aytdi. Mehmonlar universitetda yaratilgan sharoitlardan xursandligini, darslar yaxshi tashkil etilayotganligi va sifatli ta’lim berilayotganligini alohida e’tirof etishdi
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.