Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/6441729ace3bd-6441729ace3c0-6441729ace3c1-6441729ace3c2.jpg)
Bugun Samarqand davlat universiteti fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi dotsenti Raxima Toshmatovaning tug‘ilgan kuni.
Raxima Toshmatova 1954-yil Samarqandda tug‘ilgan. 67 yoshni qarshi olgan olim 45 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvaffaqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi