Samarqand davlat universiteti, Rossiya fanlar akademiyasi, Yeles davlat universiteti, “Informatika va menejment” ilmiy tadqiqot markazi va Rossiya transport universiteti bilan hamkorlikda “Boshqarish tizimlari, murakkab tizimlar: modellashtirish, barqarorlik, tafakkurli texnologiyalar” IX xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi.

    Ikki kun davom etgan xalqaro konferensiya seminar va 8 sho’baga bo’lingan holda, onlayn tarzda o’tkazildi. Nufuzli anjumanda Samarqand davlat universitetining 20 ga yaqin matematik olimlari ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

    Ushbu konferensiyaning yalpi majlisini SamDU o’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektori, professor Ahmadjon Soliyev kirish so’z bilan ochib, ishtirokchilarga omad tiladi. Shuningdek, “Sifatli ta’lim tizimi — mintaqaning barqaror rivojlanishida eng muhim omildir” mavzusida ma’ruza qildi...

    SamDU xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori, professor Akmal Axatov konferensiyaning “Matematik modellashtirish, kompyuter algebrasi, differensial tenglamalar, murakkab tizimlarda barqarorlik” nomli sho’basiga raislik qilish bilan birga “Yongʻin va alanga misolida video tasvirdagi zararlangan hududning chegaralarini avtomatik moslashtirish orqali aniqlash” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi…

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.