Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi Samarqand davlat universitetiga 3D INO-VR zamonaviy texnikalarini sovg’a qildi
Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi STEM (aniq va tabiiy fanlarni o’qitish) loyihasi asosida xorijiy tillarni o’qitish, samarali natijaga erishishda 3D va Virtual olamga sayohat dasturlaridan unumli foydalanish maqsadida universitetga 3D INO-VR texnikalarini taqdim etdi.
Ushbu texnikalardan dars mobaynida foydalanib murakkab laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazish, qattiq jismli metalllardan kerakli texnikalar yasash va murakkab konstruksiyali materiallar orqali metallarga ishlov berish mumkin bo’ladi.
Hozirgi kunda Yevropa ta’lim tizimida keng qo‘llanib kelinayotgan bu texnikalardan, SamDU ning fizika, biologiya, kimyo va mexanika-matematika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar unumli foydalanib, samarali natijalarga erishishi mumkin.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.