Seminar…
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/644d4f1cd9568-644d4f1cd956b-644d4f1cd956c-644d4f1cd956d.jpg)
Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot xavfsizligi kafedrasi dotsenti Lelya Belyalova Fransiyaning “Total Eren” kompaniyasi tomonidan qurilgan 100 Mvt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiya loyihasini amalga oshirish bo’yicha o’tkazilgan seminarda ishtirok etdi.
Nurobod tumanida bo’lib o’tgan ushbu anjuman Samarqand viloyatining mahalliy aholi va barcha manfaatdor tomonlarni xabardor qilish (Awareness Program) dasturini o’tkazishga qaratilgan. Tadbir davomida “Total Eren” kompaniyasining investitsiya loyihasi doirasida amalga oshirilgan ijtimoiy va ekologik chora-tadbirlar, Qarnobcho’l hududining atrof-muhit muhofazasi va bioxilma-xilligi bo’yicha taqdimotlar namoyish etildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.