Monografiya: “Biologik aktiv izoxinolin qatori birikmalari sintezi”
Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi dotsenti Norjigit Baratovning “Biologik aktiv izoxinolin qatori birikmalari sintezi” nomli monografiyasi nashr etildi.
Tabiiy manbalardan olingan dori vositalarining 40% dan ortig'i juda muhim va tibbiyotda muvaffaqiyatli qo'llaniladi. Ular orasida alkaloidlar alohida o'rin tutadi. Izoxinolin alkaloidlari alkaloidlarning boshqa guruhlaridan keskin farq qiladigan aniq farmakologik ta'sirga ega. Ko'pgina izoxinolin alkaloidlari ko'plab dorivor preparatlarda mavjud.
Izoxinolin sikli va imidazol, oksazol va boshqa geterotsikllarga ega bo'lgan birikma, ya'ni bir molekulada ikki yoki uchta geterotsiklik tizimlarning birikmasi moddalarning farmakologik ta'sirini kuchaytiradi. Bunday moddalarni sintez qilish usullari ishlab chiqilgan. Ularning sintezi jarayonida boshlang'ich moddalar piridin, pirrol, xinolin, izoxinolin va boshqalar kabi geterosiklik birikmalarga osonlik bilan aylanadi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.