“9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan faxriylar holidan xabar olindi...
Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov tashabbusi bilan SamDU yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Shahzoda Negmatova, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Shavkat Maxmatmurodov boshchiligida universitetning professor-o‘qituvchilari, taniqli olim va mohir pedagoglar biologiya fanlari doktori, professor Jo‘raqul Xo‘jayev, taniqli tarixshunos olim, dotsent Ne’mat Toshkenboyev, mehnat faxriysi Qudrat Aymatovlar xonadonlarida bo‘lib, holidan xabar olindi.
Shahzoda Negmatova Samarqand davlat universitetida ko‘p yillar davomida faoliyat ko‘rsatgan, zahmatli mehnati bilan universitet ta’lim-tarbiya ishlarini yangi bosqichga ko‘tarishga ulkan hissa qo‘shgan faxriy xodimlarni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tabriklab, Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodovning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi, esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Samimiy muloqot davomida nuroniylar Yaratgandan yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, farovonlik bo‘lishini tilab duo qildilar.
Iroda Bekmurodova
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat Akramov olgan suratlar.