Samarqand davlat universiteti va Turkiyaning Gazi universiteti hamkorligi…
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/6464bd2f5eb85-6464bd2f5eb8a-6464bd2f5eb8c-6464bd2f5eb8d.jpg)
Samarqand davlat universitetiga Turkiyaning Gazi universiteti prorektori Dr. Ramazan Bayindir hamda texnologiya fakulteti dekani Dr. Musa Atarlar tashrif buyurdi.
Mehmonlar bilan SamDU xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor, professor Akmal Axatov uchrashuv o’tkazdi. Tashrifdan asosiy maqsad xalqaro hamkorlik aloqalarini yaxshilash hamda professor-o’qituvchilar almashinuvini yo’lga qo’yishdir.
Muzokaradan so’ng, delegatsiya vakillari SamDU Muhandislik fizikasi instituti professor-o’qituvchilari bilan uchrashdi. Shuningdek, fizik olimlar bilan ilmiy hamkorlikni yo’lga qo’yish va kelgusida TUBITAK loyihasi bo’yicha qo’shma ilmiy ishlanmalar va xalqaro grantlarni bajarishga kelishib oldi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.