Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, tarjimon va publitsist Muhiddin Omon tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlangan “Umr deganlari – lahzami, yohu…” nomli ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi.

    Konferensiyada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari: Shoyim Bo‘tayev, Xumoyun Akbar, Toshpo‘lat Tugalov, Xosiyat Bobomurodova hamda SamDU filologiya fakulteti professor-o’qituvchi va talabalari ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

    Shuningdek, adibning hayoti va ijodi, uning adabiyot olamidagi o’rni haqida alohida to’xtaldi.

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.