Samarqand davlat universiteti tarix fakultetida "Tarixiy yondashuv: Markaziy Osiyo va Samarqandda qo‘shnichilik an’analariga asrlar osha nazar" nomli xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

    Nufuzli anjumanda Hindiston, Eron, Turkiya, Rossiya, Pokiston, Qozog‘iston kabi davlatlardan 40 ga yaqin olimlar ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

    Konferensiyani SamDU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, professor Akmal Axatov kirish so‘z bilan, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

    Xalqaro anjuman gibrid shaklda o‘tkazilib, rus va ingliz tillarida olib borildi.

    Anjuman madaniyatlararo aloqalar va Yevroosiyoning yirik shaharlari (Samarqanddan Qurdobagacha), Samarqand ziyolilari: sugʻdiylardan jadidlargacha, Markaziy Osiyo tarixi, falsafasi va madaniyatida qoʻshnichilik kabi sho‘balarga bo‘lingan holda o‘z ishini davom ettirdi.

 

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.