Darslik: “Umumiy geomorfologiya”…
Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot xavfsizligi kafedrasi professori Xayrulla Jo’raqulovning “Umumiy geomorfologiya” nomli darsligi nashr etildi.
Ushbu darslikning dastlabki 4 qismi geomorfologiyaning nazariy asoslariga bag’ishlangan. Unda geomorfologiya fanining ob’yekti, vazifalari, shakllanish va rivojlanish tarixi, rel’yef tushunchasi, shakli, yoshi, rel’yef hosil qiluvchi endogen jarayonlar haqida so’z yuritiladi. Keyingi qismlarida ekzogen jarayonlar haqida batafsil yoritilgan. Xususan, flyuvial, tog’li o’lkalar, tekisliklar va platolar, arid, karast, tog’lardagi hozirgi zamon va o’tmishda bo’lgan muzliklar, pleststoken materik muzlanishi oblastlari, gliatsial, qirg’oqlar rel’yefi, biogen rel’yef morfologiyalarga bag’ishlangan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati