Samarqand davlat universiteti polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi mudiri, professor Normurod Fayzullayev hamda katta o’qituvchi Rustam Muradovlarning "Polimerlar kimyosi va texnologiyasi" nomli darsligi nashr etildi. Ushbu darslik kimyoviy texnologiya va kimyo bakalavr yo'nalishi dasturi asosida yozilgan bo'lib, yuqori molekulyar birikmalar kimyosini o'rganishga bag'ishlangan. Darslikda yuqori molekulyar birikmalarning sinflanishi, ularning turlari, nomlanishi, olinish usullari, polimerlarning fizik-kimyoviy xossalari, polielektrolit makromolekulalari orasidagi kooperativ reaksiyalar, organik metallar, nanomateriallar, nanoqatlamlar va ularning olinishi, nanog'ovakli qoplamalar, nanokompozitlar, "intellektual" yoki "aqlli" polimerlar, polimerlar ishlab chiqarish texnologiyalari keng yoritilgan. Darslikning oxirida talabalarning o'z bilimlarini mustaqil baholash uchun test savollari, masala, mashqlar va kerakli adabiyotlar berilgan.

    Darslik oliy o'quv yurtlarining kimyo va kimyoviy texnologiya yo’nalishdagi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, magistrlar, ilmiy xodimlar va professor-o'qituvchilar foydalanishlari mumkin…

 

   Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.