Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodovning talab va takliflariga binoan universitet professor-o‘qituvchilari umumiy ilmiy salohiyati 2017-yildagi 47,6 foizdan 62,3 foizga, ya’ni 14,7 foizga oshirildi.
Dissertatsiya himoyalari soni 2017-yilga nisbatan 15 tadan 100 taga, ya’ni 6,6 baravarga oshgan bo‘lsa, professor-o‘qituvchilarning ilmiy unvon olishlari 5 baravarga ko‘paydi. Doktoranturaga qabul kvotasi 31 tadan 150 tagacha oshdi. Keyingi 5 yilda universitetda 27 ta ixtisoslik bo‘yicha 10 ta Ilmiy kengash tashkil qilinib, ularda 676 nafar yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlandi. Rustam Xolmurodovning bevosita rahbarligida so‘nggi 4 yil davomida mamlakat iqtisodiyoti uchun zarur 26 yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 17 yangi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Universitet tarkibiy tuzilmasi tubdan takomillashtirilib, 3 institut, 2 filial, 10 yangi fakultet, 21 yangi kafedra tashkil qilindi. Muhim sohalar sifatida Muhandislik fizikasi hamda Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutlari, Inson resurslarini boshqarish, Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetlari tashkil qilindi.
    Urgut va Kattaqo‘rg‘on shaharlarida Samarqand davlat universitetining filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 
    Universitet huzurida aniq va tabiiy fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashgan maktab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
    Rustam Xolmurodov taklif va tashabbusi bilan Prezidentimizning “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
    Qarorga muvofiq, universitet tarkibida Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti tashkil qilinib, agronomiya, biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi, Muhandislik fizikasi instituti tashkil qilinib, muhandislik, avtomatika, mexatronika, robototexnika, raqamli elektronika, elektrotexnika, mashinasozlik, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi sohalarida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo'yildi. 
    Universitetning “Xalqaro ta’lim dasturlari” markazida Xitoy, Janubiy Koreya, Isroil, Rossiya, Fransiya va AQSH ning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash tashkil qilindi. 
    Rustam Xolmurodov rahbarligida keyingi besh yilda 50 dan ortiq nufuzli xorijiy ta’lim muassasasi bilan shartnomalar imzolanib, faol xorijiy hamkor muassasalar soni 200 ga yaqinlashdi. 
    Xorijiy jurnallarda chop qilinayotgan ilmiy maqolalar 142 tadan 800 taga oshdi. SCOPUS bazasiga kiritilgan ilmiy jurnallarda chop qilinayotgan maqolalar soni 22 tadan 174 taga yetdi. 
    Samarqand davlat unversiteti Rustam Xolmuradov rahbarligida respublika OTM lari milliy reytingida bir necha yil davomida eng kuchli beshtalik ro‘yxatda turibdi. 
    2020-yilda universitet QS reyting agentligining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari universitetlari reytingi tanlovida qatnashib, respublikada 4 OTM lardan biri sifatida ushbu reytingga kirdi. 
2021-yilda universitet THE Impact Rankings reytingida 17 yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etdi va jami 20 ming OTM da olib borilgan o‘rganishlar natijasida universitet ham 1001+ guruhiga loyiq ko‘rildi. 
    2022-yilda QS reyting agentligi tomonidan O‘zbekistonning 8 OTM lari, jumladan, Samarqand davlat universiteti ham TOP 1000 talikdagi Osiyoning eng kuchli universitetlari ro‘yxatiga kiritildi.

    Rustam Xolmurodov rahbarligida universitet moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida o‘tgan uch yilda bir qator ishlar amalga oshirildi: Kimyo fakultetining 700 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv binosi, bosh bino hovlisida 1450 o‘ringa mo‘ljallangan ma’ruzalar o‘quv binosi va jami bo‘lib, 1122 o‘ringa mo‘ljallangan 3 talabalar turar joyi binolari qurilib foydalanishga topshirildi. Muhandislik fizikasi instituti, 9 qavatli o‘quv binosi, Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti, Yadro-fizikasi laboratoriyasi, universitetning Urgut filiali binolarida rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, 2023-yilda biologiya fakulteti hovlisida 400 o‘ringa mo‘ljallangan ma’ruzalar zali, Oranjereya hamda 150 o‘ringa mo‘ljallangan oshxona binosi, 250 o‘ringa mo‘ljallangan Mexanika laboratoriyasi binosi, xorijiy o‘qituvchi va talabalar uchun 70 o‘ringa mo‘ljallangan xizmat uyi binolari foydalanishga topshirildi.
    Universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 250 o‘ringa mo‘ljallangan Vivariy, Molekulyar genetika laboratoriyalari qurib, jihozlanib, foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari, davlat-xususiy sheriklik asosida 300 o‘rinli talabalar turar joyi binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Ilmiy laboratoriyalarni jihozlashda byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 34 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, to‘liq yangi jihozlar va zamonaviy-asbob uskunalar o‘rnatildi, 5 yangi ilmiy laboratoriya tashkil qilindi.
    Keyingi uch yilda ma’ruza zallariga ovozli videokuzatuv moslamalari va elektron yo‘qlama jihozlari o‘rnatildi hamda 1000 dan ortiq zamonaviy kompyuter va boshqa orgtexnikalar, 50 ta “SMART” auditoriya jihozlari olindi. 
    Bu ma’lumotlarni o‘qib, shularning o‘ndan birini qila olmagan, qila olmaydigan ijtimoy tarmoqlarda yolg‘on ma’lumotlar va bo‘htonlar tarqatayotganlar bilishlarini, agar vijdoni bo‘lsa, mushohada qilib ko‘rishlarini istadim. 


    Samarqand davlat universiteti ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori Hakim Xushvaqtov feysbuk sahifasidan olindi