Samarqand davlat universiteti Xitoyning Sian arxitektura va texnologiya universiteti bilan hamkorlik qiladi…
Samarqand davlat universitetiga Xitoyning Sian arxitektura va texnologiya universiteti professori Song Xui boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlar bilan SamDU xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor, professor Akmal Axatov uchrashuv o’tkazdi.
Tashrifdan asosiy maqsad xalqaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish.
Uchrashuv davomida professor-o’qituvchilar, tadqiqotchi va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, hamkorlikda ilmiy loyihalar ishlab chiqish hamda arxitektura tarixi va mexanika qurilishi sohasida SamDUda qo'shma laboratoriya tashkil etish bo’yicha so’z yuritildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.