Samarqand davlat universiteti va AQSHning Vebster universiteti hamkorligi…
AQSHning Vebster universiteti prezidenti Julian Shuster boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat universitetida bo’ldi. Tashrif davomida SamDU arxeologiya va zoologiya muzeyi, Biokimyo instituti yangi kampusi, Muhandislik fizikasi instituti, botanika bog’i va yadro fizikasi ilmiy laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, biologiya, kimyo, sotsial psixologiya sohalarida hamkorlik qilish va yadro fizikasi laboratoriyasi qoshida yadro meditsinasini rivojlantirish bo’yicha muzokaralar olib bordi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.