O’quv qo’llanma: “ESP ni o’qitish va o’rganishdagi asosiy masalallar”…
Samarqand davlat universiteti ingliz tili kafedrasi dotsenti Sitora Ro'ziyevaning "ESP ni o'qitish va o'rganishdagi asosiy masalallar" nomli o'quv qo'llanmasi ingliz tilida nashr etildi.
Ushbu o’quv qo'llanma Samarqand davlat universitetining filologiya fakulteti xorijiy til va adabiyot, ingliz tili filologiyasi, yo’nalishdagi talabalariga, sohaga yo’naltirilgan ingliz tili fanidan o’tiladigan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarini o’z ichiga oladi. O'quv qo'llanmaning maqsadi talabalarga kasbiy yo'nalish doirasida mustahkam mavzularni shakllarini o'rgatish, ularning muloqot malakalarini rivojlantirishdan iborat. Xususan, o’rganilayotgan chet tilining to’g’ri tahlil qilish, bilimlarini takomillashtirish hamda egallangan bilim, ko'nikmalarini kasbiy va ilmiy faoliyatda erkin qo’llay olishlarini ta'minlash, chet tilida ilmiy tadqiqot olib borish va kasbiy malakalarini rivojlantirish bo'yicha vazifalar keltirilgan.
Mazkur qo'llanma oliy o'quv yurtlarining filologiya fakulteti xorijiy til va adabiyot, ingliz tili filologiyasi mutaxassisligida tahsil olayotgan bakalavr va magistratura talabalariga mo’ljallangan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.