Samarqand davlat universiteti Italiyaning Tushia davlat universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi…
Samarqand davlat universitetiga Italiyaning Tushia davlat universiteti rektori Stefano Ubertini boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov uchrashdi.
Muloqotda SamDU da Italiya ta’lim markazini ochish, bakalavriat va magistraturada qo’shma ta’lim dasturlarini tashkil qilish masalalari muhokama etildi. Professor-o’qituvchi va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, “yozgi maktab” kabi qisqa muddatli kurslarni tashkil qilish rejalashtirildi.
Shuningdek, hamkorlikda dolzarb mavzudagi ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy loyihalarni ishlab chiqish masalalari bo’yicha fiklar almashildi. 2024-yil iyun oyida “Tushia kunlari”ni Samarqand davlat universitetida o’tkazish, o’zaro talaba almashinuv dasturlarini yo’lga qo’yish hamda qo’shma ta’lim dasturlarini ochishga kelishildi.
Uchrashuv so’ngida hamkorlik memorandum imzolandi.
Ma’lumot uchun Italiyaning mazkur universiteti “Times Нigher Education” xalqaro reytingida 601-o’rinda turadi. Shu bilan birga agrobiotexnologiyalar, meva va uzumchilik, iqlim o’zgarishi, o’rmonchilik sohalarida yetkachi universitet hisoblanadi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.