Xalqaro hamkorlik
Samarqand davlat universitetiga Janubiy Koreyaning Song Busun xalqaro stipendiya fondi va fondning faxriy a’zolari delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Mehmonlarni SamDU xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Akmal Axatov kutib oldi.
Muloqotda iqtidorli talabalar va Janubiy Koreya bilan tashkil qilingan qo’shma ta’lim dasturida (2+2) tahsil olayotgan talabalarning o’qishi uchun homiylik qilish masalalari muhokama qilindi. Ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’yish borasida kelishuvlarga erishildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.