Samarqand davlat universiteti Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish institutiga Polshaning Yagillonian universiteti professori Valdemar Florzak tashrif buyurdi.

    Muloqotda institut professor-o‘qituvchilari bilan o‘quv-uslubiy hamda ilmiy hamkorlik qilish bo'yicha kelishildi.

    Shuningdek, Valdemar Florzak institut talabalari, magistrantlari va ilmiy-tadqiqotchilarga "Introduction to Operational Research" moduli bo‘yicha 12 soatga mo‘ljallangan dars soatlarini o‘tishni boshladi. Darsda SamDU talabalari bilan birga Polshaning Yagillonian universitetining  50 ga yaqin talabalari ham onlayn tarzda qatnashdi. 

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.