Samarqand davlat universiteti yuridik fakultetida "Sun'iy intellekt va huquq: Osiyo va Yevropa tajribasi" mavzusida xalqaro ilmiy amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyani universitet xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Akmal Axatov kirish so‘zi bilan ochib, anjuman qatnashchilarini tabrikladi.
Anjumanda ishtirok etgan xalqaro va respublika olimlari sun'iy intellektni huquqiy tartibga solishda Yevropa va Osiyo mamlakatlari tajribasidan samarali foydalanish bo‘yicha yangi takliflarni ilgari surdi. Ayniqsa sud-huquq tizimida, moliya va soliq sohasida ham sun'iy intellekt texnologiyasi bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar huquqiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar nihoyatda manfaatli bo‘ldi.