Viloyat hokimligi tashabbusi bilan o’tkazilgan mazkur tadbirda hokimlikning tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Behzod Rahmatullayev, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi boshlig‘i A.Ibragimov, SamDU yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori Rustam Yo’ldoshev, professor-o’qituvchi va talabalar ishtirok etdi.

    Uchrashuvda talabalarni bo’sh ish o’rinlari bilan ta’minlash, kadrlar zaxirasini shakllantirish kabi masalalar bo’yicha fikr-mulohazalar tinglandi.

    Shuningdek, savollarga atroflicha javob berildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.