Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!

Samarqand davlat universiteti Kasaba uyushma qo’mitasi va universitet xotin-qizlar maslahat kengashi SamDU Tahririy nashriyot bo’limi xodimi Xosiyat Rahimovaning tavallud kuni munosabati bilan tabrikladi.
Xosiyat Rahimova Samarqand davlat universitetida 35 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. U minglab kitoblarni nashr etilishida o’z hissasini qo’shgan, fidoyi, halol inson sifatida ko’pchilikka o’rnakdir.
Samarqand davlat universiteti jamoasi Xosiyat Rahimovani samimiy muborakbod etib, ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.