Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti talabasi Bobomurod Abdurahmonov muddatidan oldin AQSH ning Kent davlat universiteti magistraturasiga grant asosida tavsiya etildi. Endilikda talaba magistraturani ehtimollar nazariyasi va matematik statistika yo‘nalishida davom ettiradi.

    Mazkur oliy taʼlim muassasasi matematika yo‘nalishi bo‘yicha Top-133 o‘rinni egallagan.

    Talaba ushbu grantni Graduate Teaching Assistantships and Scholarships dasturi orqali qo‘lga kiritdi. Ushbu grant Markaziy Osiyo davlatlaridan 4 kishiga nasib qildi.

    Bobomurod Abdurahmonovning ilmiy rahbari, ustozi SamDU matematik analiz kafedrasi mudiri, dotsent G‘ofurjon Hasanov.

    Maʼlumot uchun, Bobomurod Abdurahmonov Ulug‘bek nomli davlat va matematiklar uchun mo‘ljallangan akademik Sarimsoqov nomidagi stipendiya sohibi. Matematika fani bo‘yicha xalqaro olimpiadada kumush va bronza medallari sovrindori.  Chet tilini bilish bo‘yicha xalqaro IELTS 6.5 (B2) sertifikatiga ega.  20 ga yaqin maqolasi xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida nashr etilgan.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.