Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti talabasi Abdulaziz Komilov muddatidan oldin Italiyaning Nazariy fizika xalqaro ilmiy markaziga grant asosida magistraturaga tavsiya etildi.

    Mazkur nufuzli markaz matematika yo‘nalishi bo‘yicha har yili 10 talabani o‘qishga qabul qiladi. Quvonarlisi, Abdulaziz Komilov joriy yilda ushbu markazga o‘qishga qabul qilingan O‘zbekistondagi yagona talaba.

    Abdulaziz Komilovning ilmiy rahbari, ustozi SamDU matematik analiz kafedrasi professori Isroil Ikromov.

    Maʼlumot uchun, Abdulaziz Komilov matematika fani bo‘yicha xalqaro olimpiadada oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritgan. Matematika yo’nalishidagi bakalavr va magsitrantlar uchun joriy etilgan akademik Qori Niyoziy nomidagi respublika stipendiya sohibi. Ingliz tilida erkin muloqot qila oladi.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.