“Ma’rifiy targ‘ibot”…
Samarqand davlat universitetida Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim, akademik litsey va professional ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan ma’naviyatga mas’ul xodimlar uchun “Ma’rifiy targ‘ibot” mavzusida o‘quv kursi tashkil etildi.
Seminar davomida SamDU falsafa va milliy g‘oya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan "Ma’naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak", "Bugungi dunyoning siyosiy mafkuraviy manzarasi va yoshlarda vatanparvarlik g‘oyalarini shakllantirish", "Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish: muammo va yechimlar. Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari", "Ma’naviy targ‘ibot texnologiyalari" mavzularida ma’ruzalar o‘qildi.
O‘quv kursida qiziqarli munozara va savol-javob ruhida o‘tdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.