Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti talabasi Iftixor Yangiboyev Italiyaning Aquila universiteti magistraturaga grant asosida tavsiya etildi. Mazkur universitet dunyo reytingida Top-501 o‘rinni egallagan. Endilikda u ushbu universitetda amaliy matematika yo‘nalishida o‘qishini davom ettiradi.

    Talaba ushbu grantni Erasmus Mundus Scholarship program dasturi orqali qo‘lga kiritdi.

    Iftixor Yangiboyevning ilmiy rahbari matematika fakulteti dekanining ilmiy ishlar va xalqaro munosabatlar bo‘yicha o‘rinbosari, dotsent Hamza Qudratov.

    Ma’lumot uchun, Iftixor Yangiboyev til bilish bo‘yicha xalqaro IELTS 6.0 (B2) sertifikatiga ega. Matematika fani bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.