Ilk bitiruvchilar o’qishini muvaffaqiyatli tugatmoqda…
Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti 2020-2021 o’quv yilida tashkil topgan edi. O’qishga qabul qilingan ilk talabalar bugun institutni muvaffaqiyatli tugatdi. Shu munosabat bilan SamDU faollar zalida bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda institut talabalari, professor-o’qituvchilari va xorijlik mehmonlar ishtirok etdi.
Bitiruvchi talabalarni institutda tahsil olish jarayonida erishgan yutuqlari, ularning muvaffaqiyatlari va ularning kelajakdagi imkoniyatlari sarhisob qilindi. Anjumanni SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori, dotsent Toshpo’lot Rajabov kirish so’zi bilan ochib, talabalarni universitet jamoasi nomidan tabrikladi.
Tadbirda ishtirok etayotgan Yaponiyaning Tottori universiteti professori Fujimaki Harayuki, Midori Nakayama va Mie universiteti professorlari Kristina Toderich va Naoko Matsuolar talabalarga omad tiladi. Shuningdek, Yaponiyaning magistratura bosqichida tahsil olish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berishdi.
Ma’lumot uchun, mazkur institutni joriy yilda 140 nafar talabalar o’qishni muvaffaqiyatli tamomladi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.