Samarqand davlat universitetiga Tojikiston pedagogika instituti rektori, professor Ansoriy Muazzamxon Qudratzoda boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

    Delegatsiya a’zolari bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.  

    Muloqotda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.  Filologiya, tarix, arxeologiya, pedagogika, psixologiya yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.