Samarqand davlat universitetida tahsil olayotgan doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va stajyor-tadqiqotchilar uchun navbatdagi ilmiy seminar o‘tkazildi...
Seminarda SamDU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Hakim Xushvaqtov tadqiqotchilarning xorijiy, jumladan, Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan jurnallarda maqolalar nashr ettirishi, iqtiboslikni oshirish masalalariga alohida to‘xtaldi.
Tadqiqotchilarning joriy yil 1-chorakdagi faoliyati yuzasidan tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar tinglanib, navbatdagi monitoring jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan uslubiy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, “Ilmiy adabiyotlar bilan ishlash: axborot izlash va ulardan foydalanish” mavzusida ma’ruza tinglandi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.