Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Akmal Axatov Turkmaniston muhandislik-texnologik universitetida bo’ldi. Mazkur universitet rektori Gurbanmirat Mezilov bilan uchrashib, tomonlar o’rtasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, yetakchi olimlar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlarni olib borish, xorijiy hamkor universitetlarning ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha kelishildi.

    Shuningdek, Turkmaniston muhandislik-texnologik universitetda o’tkazilgan “Yashil iqtisodiyot asosiy yo‘nalishlari: eko-, nano-, bio- va axborot texnologiyalari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasining yalpi majlisida  ishtirok etdi.

    Anjumanda 18 xorijiy universitet, iliiy markaz va muassasalardan soha mutaxassislari ishtirok etib, barqaror rivojlanish borasida dunyoda dolzarb bo‘lgan tendensiyalar, ekologiya va atrof-muhit, qishloq xo‘jaligi, sanoat industriyasi, iqlim o‘zgarishlari muammolari yechimlariga bag‘ishlangan yangi texnologiyalarni yaratish va ularni qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.