Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti talabasi Sadoqat To’xtayeva Vengriyaning Qishloq xo’jaligi va hayot fanlari universitetida magstraturani grant asosida davom ettiradi. 

    Mazkur universitet Yevropadagi qishloq xo’jaligi sohasidagi Top-30 universitetlar qatoriga kiradi. 

    Talaba ushbu grantni Vengriya hukumatining „Stipendium Hungaricum“ dasturi orqali qo’lga kiritdi.

    Ma’lumot uchun Sadoqat To’xtayeva Yaponiyaning Sakura dasturi asosida Yaponiyaning Tottori universitetida malaka oshirib kelgan. Chet tilini bilish bo'yicha xalqaro IELTS 5.5 sertifikatiga ega...

 

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.