Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar hamda tarix fakultetida "Samarqand falsafasi va tarixi" nomli yozgi maktab boshlandi...
Mazkur maktabda Qirg'iziston milliy universiteti va SamDU talabalari tahsil olmoqda.
Tadbirni SamDU xalqaro aloqalar bo’limi boshlig'i Muxtor Nosirov kirish so’z bilan ochdi. Shuningdek, hindistonlik professor Arindam Banik yozgi maktabning ahamiyati to’g’risida so’z yuritdi.
Anjuman doirasida SamDU falsafa va milliy g'oya kafedrasi professori Luqmon Jo'rayev “Markaziy Osiyodagi so'fiylik falsafasi va uning zamonaviy yoshlarni tarbiyalashdagi ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildi.
Uchrashuvdan so'ng yozgi maktab ishtirokchilari Samarqand bo'ylab sayohat qilishdi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.