Samarqand davlat universitetida navbatdagi xalqaro yozgi maktab faoliyati boshlandi…
Samarqand davlat universiteti Inson resurslari va Mahalla taraqqiyotini boshqarish institutida “Dasturiy ta’minotdan foydalangan holda ekonometrik tahlil” nomli xalqaro yozgi maktab o’z faoliyatini boshladi. Mazkur maktabda Boltiq davlat texnika universiteti, Checheniston davlat universiteti, Panjikent pedagogika hamda Xo’jand iqtisodiyot va servis instituti, "Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari ishtirok etmoqda.
Anjumanni SamDU xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig’i Muxtor Nosirov kirish so’zi bilan ochdi. Tadbirda taklif etilgan maxsus mehmon Yeungnam universiteti professori Byeong Wan Lee “Sun’iy intellekt orqali ekonometrik masalalarni yechish” mavzusida ma’ruza qildi.
Shuningdek, Inson resurslari va Mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti dotsenti Ganijon Porsayev Big data haqida batafsil ma’lumot berdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.