Samarqand davlat universitetiga Eronning Xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik markazi raisi, fan, texnologiyalar va bilimlarga asoslangan iqtisodiyot boʻyicha vitse-prezidenti Amir Hossein Mirabadi boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi.

    Martabali mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.

    Muloqotda tomonlar o’rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, Eronning Sharaf texnologiya universiteti bilan qo’shma texnopark markazini ochishga kelishildi.

    Uchrashuv so’ngida hamkorlik memorandumi imzolandi…

    Delegatsiya a’zolari uchrashuvdan so’ng SamDU Biokimyo va Muhandislik fizikasi instituti faoliyati bilan tanishdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.