Samarqand davlat universiteti Xitoy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni davom ettiradi…

Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo’yicha protektori Akmal Axatov Xitoyning Urumchi shahrida o’tkazilgan “Ishlab chiqarish, tadqiqotlar, ishlanmalar sohasida hamkorlik bo’yicha Xitoy-Markaziy Osiyo anjumani” da “Globallashuv - ta’lim sifatini yaxshilash drayveri” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, “Raqamli ta’lim sohasida hamkorlik. Xitoy va O’rta Osiyo rektorlar forumi-2024” anjumanida “Universitetda ta’limni raqamlashtirish istiqbollari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi.