Fransiyada Samarqand davlat universitetining targ'ibot va maslahat markazi tashkil etildi...
Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik boshqarmasi bosh mutaxassisi, dotsent Zarifa Eshmurodova Fransiyaning Montpelliye Pol Valeri-3 universitetida stajirovka o’tamoqda.
Zarifa Eshmurodova tashabbusi bilan mazkur universitetda "Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti targ‘ibot va maslahat markazi" tashkil etildi.
Ushbu markaz orqali universitetda o'qish istagida bo'lgan xorijiy talabalar uchun ta'lim yo'nalishlari, yaratilayotgan keng imkoniyatlar, yosh tadqiqotchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy va amaliy tadqiqotlar, muntazam tashkil etilayotgan xalqaro yozgi maktablar, seminat-treninglar, ilmiy konferensiya hamda simpoziumlar haqida ma'lumotlar berib borilishiga kelishildi.
Bundan tashqari tomonlar o'rtasida professor-o'qituvchilarning malaka oshirishi va stajirovka o'tashini tashkil qilish, talabalar almashinuvini doimiy yo'lga qo'yish markazning asosiy vazifasi etib belgilandi.