Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov Toshkent shahridagi Webster universitetida hamkorlik shartnomalarini imzolash marosimida ishtirok etdi.

    Tadbirda SamDU, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, BuxDTI, BuxDU, SamDCHTI, Toshkent tibbiyot akademiyasi mutassadilari chet tili, biologiya, kimyo, psixologiya, hamshiralik ishi yo’nalishlari bo’yicha Webster universitetining ta’lim dasturlarini O’zbekiston oliy o’quv yurtlarida amalga oshirish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.

    Munozaralar va kelishuvlar natijasida SamDU va Webster universiteti o’rtasida qo’shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish shartnomalari imzolandi. 2024-2025 o’quv yilidan boshlab SamDUda biologiya, kimyo, psixologiya va sotsiologiya ta’lim dasturlari, 2025-2026 o’quv yilidan boshlab boshqa yo’nalishlar bo’yicha dasturlarni amalga oshirish rejalashtirildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.