“Oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi sohasida hamkorlik”
Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Akmal Axatov Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan shu nomli simpoziumda ishtirok etdi.
Anjuman Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog‘iston Oliy ta’lim vazirliklari: Sian Jiatong universiteti, Al-Farobi nomidagi Qozog‘iston Milliy va Ostona AT universitetlari tomonidan tashkil etilgan. Simpoziumda SHHT davlat ishtirokchilaridan 15 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasalari mutassadilari qatnashdi.
Simpozium doirasida “SHHT davlat-ishtirokchilari oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorligi” nashr taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Anjumanning sho’ba yig’ilishida professor Akmal Axatov “Oliy ta’limda ishlanmalar va innovatsiyalar - yangi texnologik inqilob davri” mavzusida ma’ruza qildi.
Shuningdek, SHHT hamda Ipak Yo‘li universitetlari alyansi doirasida hamkorlik maslalariga bag‘ishlangan munozaralarda ishtirok etdi. SamDUda Xitoy universitetlari bilan hamkorlikda yangi laboratoriyalar, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, ilmiy loyihalar borasida qator kelishuvlarga erishildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.